Xalqaro jinoiy sud (XJS) «Tolibon» rahbarlari — harakatning oliy rahbari Haybatulloh Oxunzoda va Afğoniston Islom Amirligi boş sudyasi Abdulhakim Haqqoniyni hibsga olişga order berdi. Bu haqda sud press-relizida söz boradi.
Sudning hisoblaşiça, Oxunzoda va Haqqoniy «buyruqlar beriş, fitna qözğaş yoki kömaklaşiş orqali» insoniyatga qarşi jinoyatlar sodir etgan, jumladan, gender asosida qizlar va ayollarni, şuningdek, ularga yordam berganlarni ta’qib qilgan.
«Sudning fikriça, uşbu jinoyatlar toliblar 2021 yil 15 avgustda hokimiyatni egallaganidan boşlab Afğoniston hududida sodir etilgan va kamida 2025 yil 20 yanvarga qadar davom etgan», - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, «Tolibon» siyosati Afğoniston fuqarolari asosiy huquq va erkinliklarining jiddiy buzilişiga olib kelgan, bu esa qotilliklar, ozodlikdan mahrum etiş, qiynoqlar, zörlaş va öğirlaşlar bilan birga keçgan.
«Garçi ayrim taqiq va qoidalar butun aholi uçun joriy etilgan bölsa-da, asosiy nişon aynan ayol va qizlar bölgan — ular gender mansubligi sababli asosiy huquqlardan mahrum qilingan», - deyiladi Xalqaro jinoiy sud bayonotida.
XJS prokuraturasi «Tolibon» rahbarlarini hibsga oliş uçun orderni 2025 yil yanvarda söragan edi. «Tolibon» 2021 yili AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya qöşinlari Afğonistonni tark etganidan keyin mamlakatda hokimiyat tepasiga kelgandi.
Avvalroq BMT Boş Assambleyasi köpçilik ovoz bilan Afğonistondagi vaziyatga oid rezolyutsiyani ma’qullagan edi. Unda bu davlatni boşqarayotgan radikal «Tolibon» harakati keskin tanqid qilingan.












