Prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Çilonzor tumanidagi sanoat hududida amalga oşirilayotgan loyihalar bilan tanişdi.
Mazkur hudud Beşqörğon va Tirsakobod mahallalari hududida joylaşgan bölib, 320 gektar maydonni egallagan. Kiçik sanoat zonasi maqomidagi uşbu majmua Prezidentning 2023 yil 3 iyuldagi qarori asosida taşkil etilgan. Unga muvofiq, transport, muhandislik-kommunikatsiya va yöl infratuzilmasining yaxşilangani sanoat va tadbirkorlik rivojiga zamin yaratdi.
Bu yerda xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor, ekologik xavfsiz işlab çiqariş quvvatlari barpo etildi. Hozirgi kunda bunday korxonalar soni 531 taga yetdi. Ularda yaratilgan iş örinlari soni esa 20 mingtaga yaqinlaşdi. Yillik işlab çiqariş salohiyati ham kam emas – 6 trillion 800 million söm. Joriy yilda hududdagi 50 ta korxonada 180 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Ilgari Çilonzorda heç qaçon bunday körsatkiçlar bölmagan.
Davlat rahbari uşbu hududdagi “Tarleplast” korxonasida bölib, işlab çiqariş jarayonini közdan keçirdi.

Uşbu loyihaning umumiy qiymati 25 million dollar. Korxonaga Yevropaning yetakçi kompaniyalaridan 12 turdagi zamonaviy uskunalar keltirib örnatilgan. Natijada bu yerda yiliga 90 ming tonna temir quvur va pölat profillar işlab çiqariş imkoni yaratildi. Bu mahsulotlarni pulga çaqqanda 900 milliard söm degani. Korxonada 120 ga yaqin kişi doimiy iş bilan ta’minlandi.
Ahamiyatlisi, yuqori bosimga va taşqi ta’sirlarga çidamli quvurlar turi, hajmi va narxi böyiça raqobatbardoş. Buning tasdiğini ötgan yili 4 million dollarlik mahsulot Rossiya, Qozoğiston, Tojikiston va Qirğiziston kabi mamlakatlarga eksport qilinganida ham köriş mumkin. Endi sotuv geografiyasini yanada kengaytiriş möljallangan.
Davlatimiz rahbari mazkur industrial hududda işlab çiqarilayotgan mahsulotlar körgazmasini közdan keçirdi. Yaqin istiqboldagi sanoat loyihalari taqdimot qilindi.
Jumladan, köp qavatli işlab çiqariş binosi va monomarkaz taşkil etilişi közda tutilgan. Buning natijasida hududda yana 100 ta yangi loyiha amalga oşiriladi, qöşimça 3 mingta iş örni yaratiladi. Loyihalar quriliş, farmatsevtika, elektrotexnika, poligrafiya avtomobilsozlik, tikuv-trikotaj va qandolatçilik kabi yönalişlarni qamrab olgan.
Prezidentimiz tadbirkorlar bilan suhbatlaşdi. Qöşilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlaş, iş örinlarini köpaytiriş hamda xizmatlarni rivojlantiriş böyiça körsatmalar berildi.













