Migratsiya agentligi tomonidan Rossiyada oğir ahvolga tuşil qolgan Özbekiston fuqarosining vatanga qaytarilişida amaliy yordam körsatildi. Bu haqda agentlikning RFdagi vakolatxonasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, 2025 yil iyul oyida Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasiga Moskva şahridagi «Kommunarka» köp tarmoqli klinik tibbiyot markazida oğir ahvolda bölib turgan Özbekiston fuqarosining yaqinlari tomonidan murojaat kelib tuşgan.
Ma’lum qilinişiça, fuqaro insult natijasida huşini yöqotib, yerga yiqilgan va boş miyada jiddiy jarohat olgan. Şundan söng unga şoşilinç jarrohlik amaliyoti ötkazilib, u murakkab tibbiy holatda şifoxonaga yotqizilgan.
«Murojaat vakolatxona tomonidan nazoratga olinib, fuqaroning tibbiy kuzatuv ostida Özbekistonga qaytarilişi ta’minlandi», - deyiladi xabarda.
Avvalroq Turkiya deportatsiya markazlarida bölib turgan 50 nafar özbekistonlik ayol vatanga qaytarilgani töğrisida xabar berilgandi.











