AQŞ Florida universiteti virusologi Jon Lednikiga tegişli Pepper laqabli muşuk yana özini körsatdi. U ovdan söng, uyga yerqazir siçqonni olib keldi, uning içida olimlar ilgari noma’lum bölgan virusni topdi.

Bir yil oldin Pepper olib kelgan siçqonda jyeylongviruslar oilasiga mansub virus topilgan edi. Bu safar ölja kaltadum yerqazir siçqon böldi. Ledniki uni laboratoriyaga olib bordi va tahlillar şuni körsatdiki, hayvon ortoreoviruslarning yangi ştammi - quşlar, sutemizuvçilar va hatto odamlarga yuqişi mumkin bölgan virus bilan kasallangan.

Ortoreoviruslar birinçi marta 1950-yillarda aniqlangan. Uzoq vaqt davomida ular zararsiz deb hisoblangan, ammo keyinçalik kamdan-kam hollarda bolalarda ensefalit, meningit va gastroenterit keltirib çiqarişi aniqlangan. Virus najas yoki havo tomçilari orqali yuqadi va odatda nafas oliş tizimi yoki içaklarga ta’sir qiladi.

Olimlarning ta’kidlaşiça, yangi ştammlar haqida iloji boriça köproq biliş zarur, şunda ularning tarqalişiga qarşi kuraşiş oson böladi. Keyingi qadam bu virusning organizm bilan özaro ta’siri qandayligini tekşiriş va uning xususiyatlarini örganişdir.

Qayd qilinişiça, Pepper özini yaxşi his qilmoqda va ilmiy faoliyatini yakunlamoqçi emas.