Unda ma’lum qilinganidek, 2025 yilning yanvar-aprel oylarida Özbekistonga 3 milliondan ortiq çet el fuqarosi turistik maqsadlarda keldi. Bu raqamlar 2024 yilning uşbu davriga nisbatan 50 foizga köpdir.
Rossiya OAV, şuningdek, Özbekistonga joriy yilning birinçi tört oyi turistlar oqimi 987,9 ming kişiga oşganini ma’lum qildi.
"Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 46,4 foizga köpdir. Bunday sezilarli dinamika respublikaning sayyohlik maskani sifatida jozibadorligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi", – deyiladi maqolada.
Qayd etilişiça, uşbu davrda Özbekistonga eng köp sayyohlar Qirğiziston (942 ming kişi), Tojikiston (qariyb 794 ming kişi), Qozoğiston (617 ming kişi) va Rossiyadan (240 mingdan ortiq) kelgan.
"Bolşaya Aziya"da e’lon qilingan maqola xulosasida "Özbekiston qadimiy şaharlari, me’moriy yodgorliklari, milliy taomlari va betakror tabiati bilan sayyohlarni öziga faol jalb qilmoqda. Tajribali sayohatçilar esa mamlakatga taşrif buyuriş uçun eng yaxşi payt bahor va kuz fasli ekanini tavsiya etadi", – deb yozilgan.

















