Uşbu maqolada tejaşni eskiça “pul kamligi” yoki “özingni siqib yaşaş” deb emas, balki zamonaviy, oqilona, erkin yaşaş vositasi sifatida körib çiqamiz.

Tejaş – özingga emas, keraksiz narsalarga “yöq” deyişdir.

“Tejamkorlik” – köpçilik uçun “kambağallik bilan kelişib yaşaş”dek tuyuladi. Lekin aslida bu şunçaki moliyaviy ixtiyorni qölga olişdir. Ya’ni har bir sömni öylab işlatiş, har bir sarfda sabr, ong va maqsad bölişidir.

“Boy odam har doim köp daromad qilgan emas, balki har doim öz harajatlarini bilgan odamdir”, – deydi Robert Kiyosaki.

Xarajat qilişdan oldin bir daqiqa töxtab, özingizga savol bering: “Bu narsa menga xizmat qiladimi yoki men unga xizmat qilamanmi?”

Köp hollarda, pul sarflagaç ham hayotingiz özgarmaydi. Lekin şu pulni jamğarsangiz, bir yil içida hayotingizni ozmi-köpmi özgartiradigan sarmoyaga aylanadi.

Haqiqiy erkinlik degani – istagan joyga boriş, istagan kursda öqiş, bolangga yoki oilangga ortiqça “hisob-kitob”siz narsa olib beriş emasmi? Şunday hayot uçun esa daromaddan köra muhimroq narsa bor – bu tartibli xarajat.

Yapon yozuvçisi Masaru Ibuka yozadi: “Odamlar bilimni bolaligidan örganadi, pul bilan muomala qilişni esa hayot örgatadi”. Biz ham puldan qörqib emas, pulni boşqarib yaşaşga örganişimiz kerak. Tejamkorlik – bu yöldagi birinçi qadam. Undan uyalmaylik.

Pul tejaş uçun samarali qoidalar

1. “Avval özimga” qoidasi – 10 foiz qoidasini joriy qiling. Oylik tuşgan kuni birinçi qilinadigan iş – xarajat qiliş emas, özingga jamğarma ajratiş bölsin.

“Birinçi bölib özingga töla” tamoyili quyidagiça: har oy oylikdan kamida 10 foizini alohida hisobga (yoki konvert, yoki bank kartasiga) soliş kerak. Tez orada bu pulga boşqaça köz bilan qaray boşlaysiz – bu sizning kelajagingiz, xavfsizlik zaxirangiz, xotirjamligingiz garovi.

2. Heç bölmasa, 1 oy davomida barça xarajatlaringni yozib boring. Bu oddiy tuyuladi, lekin juda yaxşi usul: 1 oy davomida nima sotib oldingiz, qança sarfladingiz, qaçon – barçasini yozing. Yozganda şunçalik köp “bekorçi xarajatlar” borligini körib, özingiz hayron qolasiz.