10 iyul kuni Nyu-Gempşir ştati federal yurisdiksiya sudi Donald Trampning tuğiliş holati böyiça AQŞ fuqaroligini oliş huquqini çeklovçi farmoni ijrosini çeklovçi qarorni çiqardi. Uşbu qaror Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqi farmonni noqonuniy deya hisoblab kiritgan da’vo doirasida qabul qilingan.
«Amerika fuqaroligining mazmuni va qadriyatini himoya qiliş töğrisida»gi prezident farmoni 2025 yil 20 yanvarda qabul qilingandi. Hujjat bilan AQŞda tuğilgan bolaning onasi mamlakatda noqonuniy asosda yoki qonuniy, ammo vaqtinçalik asosda bölsa va otasi bola tuğilgan vaqtda na Qöşma Ştatlar fuqarosi, na doimiy rezidenti bölsa, unga avtomatik tarzda AQŞ fuqaroligi berilmaydi.
29 iyun kuni AQŞ Oliy sudi federal sudlar prezident Donald Trampning farmoni ijrosini butun mamlakat böylab bloklab qöya olmasligi, ammo işda iştirok etayotgan ma’lum bir da’vogarlarni himoya qilişlari mumkinligi haqida qaror çiqargandi. Şunday qilib, prezident farmoniga qarşi çiqqan 22 ştatda tuğiliş holati böyiça fuqarolik beriş huquqi saqlanib qolgan, farmonga qarşi jamoaviy da’vo kiritilmasa, qolgan 28 ta yurisdiksiyada ham u bekor qilinişi mumkin. Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqi aynan şunday da’voni kiritgan.
Sudya Jozef Laplantning ma’lum qilişiça, «petitsiya mualliflari va da’vogarlar farmon kuçga kirsa, önglab bölmas zarar körişlari mumkin. Şu sababli, farmonni töxtatib turiş haqidagi sud qarori jamoatçilik manfaatlariga xizmat qiladi». Endi Tramp ma’muriyatida Nyu-Gempşir sudi qaroridan şikoyat qiliş uçun yetti kun bor.











