Toşkent şahrida 7 nafar bola uydagi hovuzda çökdi, ulardan ikki nafari halok böldi. Bu haqda «Millar» dasturida xabar berildi.
Hodisa qaçon va qayerda sodir bölgani haqida ma’lumot berilmadi. Qayd qilinişiça, hovuzda çökkan 7 nafar bola Respublika şoşilinç tez tibbiy ilmiy markaziga oğir ahvolda keltirilgan. Ulardan ikki nafari jonsiz bölgan. Qolgan 5 nafari jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
Bolalardan biriga 40 daqiqa davomida yordam körsatilgaç, yuragi urişni boşlagan. Ammo uning ahvoli hanuz oğirligiça qolmoqda. Şifokor sözlariga köra, 40 daqiqa davomida gipoksiya holatida bölgan bolaning soğayib ketişi söroq ostida turibdi.
Uç nafar bola öziga kelgaç, jonlantiriş bölimidan boşqa bölimga ötkazilgan.
Bolalarning yoşi haqida ma’lumot berilmadi. Şifokorning ta’kidlaşiça, kiçik yoşdagi bolalar hatto sayoz hovuzga tuşganda ham çökib ketişi mumkin. Ularni aslo qarovsiz qoldirmaslik tavsiya qilindi.












