Yangi Kaledoniya (Fransiyaning çet el hududi) siyosiy harakatlari yangi davlat tuzilişi haqida kelişuvga erişilganini e’lon qildi. U avtonomiyaga ega böladi, ammo Fransiyadan töliq mustaqillikka erişolmaydi.
Yangi Kaledoniya mustaqilligi tarafdorlari va muxoliflari örtasida murosa kelişuvi 12 iyul kuni Parijda imzolandi, deb yozdi Politico.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ön kundan ortiq davom etgan muzokaralar natijasida erişilgan «tarixiy kelişuvni» olqişladi.
«Respublika tarkibidagi Yangi Kaledoniya davlati: bu işonç garovi... Umumiy kelajakni quriş uçun hurmat, barqarorlik va xayrixohlikni birlaştiriş vaqti keldi», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Kelişuv Yangi Kaledoniya aholisi alohida fuqarolikni olişini va ikkita pasportga ega bölişini nazarda tutadi. Yangi davlatga mustaqil xalqaro siyosat yuritiş vakolatlari ham beriladi va Fransiya Yangi Kaledoniyaning iqtisodiy rivojlanişiga yordam beriş majburiyatini oladi.
Yangi davlat haqidagi kelişuv kuçga kirişidan oldin u Fransiya parlamenti va Yangi Kaledoniyada ötkaziladigan referendumda ma’qullanişi kerak.
Yangi Kaledoniya - Tinç okeanidagi arxipelag, xuddi şu nomdagi katta orol va bir neçta kiçik orollardan iborat bölib, Avstraliyaning şarqiy qirğoğidan taxminan bir yarim ming kilometr uzoqlikda joylaşgan. Uning aholisi taxminan 250 ming kişi. Ularning 40 foizidan sal ortiği kanaklar – tarixan bu orollarda yaşagan melaneziyaliklar, 25 foizga yaqini yevropaliklar, qolganlari esa mestizolar va boşqa xalqlar vakillaridir.
Fransiya 1853 yilda Yangi Kaledoniyani özining xorijdagi hududi deb e’lon qildi. Fransiya tarkibiga kirgan Yangi Kaledoniya rasmiy ravişda «maxsus maqomga ega ma’muriy-hududiy birlik» hisoblanadi. 2018, 2020 va 2021 yillarda Yangi Kaledoniyada uçta referendum ötkazildi, ammo unda aholining aksariyati Fransiyadan mustaqillikka qarşi ovoz berdi.
2024 yil may oyida Fransiya parlamenti saylov tizimini özgartiriş va orollarda yaşovçi fransuzlarga mahalliy saylovlarda ovoz beriş huquqini kafolatlaşni taklif qilganidan keyin Yangi Kaledoniyada ommaviy tartibsizliklar yuz berdi. Mahalliy aholi buni Yangi Kaledoniya mustaqilligi uçun harakatni zaiflaştirişga uriniş sifatida qabul qildi.











