KXDR rahbari Kim Çen In 12 iyul kuni Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi. Uçraşuv Vonsan şahrida bölib ötdi.
«Biz Ukraina inqirozi atrofidagi vaziyat böyiça fikr almaşdik», dedi Lavrov uçraşuv yakunlari böyiça matbuot anjumanida. «Koreyalik döstlarimiz maxsus harbiy operatsiyaning barça maqsadlarini, şuningdek, Rossiya rahbariyati va qurolli kuçlarining harakatlarini qat’iy qöllab-quvvatlaşini tasdiqladilar».
Keyinroq, Sergey Lavrov va Şimoliy Koreya taşqi işlar vaziri Çoy Son Xi ikkitomonlama munosabatlar va bölajak siyosiy muloqotlar jadvalini muhokama qildi.
«Taşqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirişning dolzarb masalalarini, jumladan, bölajak siyosiy aloqalar jadvalini atrofliça muhokama qildi. Amaliy yönalişlarda hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi», deyiladi xabarda.
Xabarga köra, Rossiya Koreya yarimoroli muammolarini tinç yöl bilan hal etiş tarafdori ekani tasdiqlandi.
«Koreya yarimoroli va Şimoliy-Şarqiy Osiyodagi vaziyat yuzasidan manfaatdor fikr almaşildi. Bu yerda mavjud muammolarni siyosiy va diplomatik yöl bilan hal qiliş böyiça özaro majburiyat tasdiqlandi. Tomonlar mitnaqaga aloqador bölmagan gegemon davlatlarga qarşi birgalikda kuraşişga qat’iyligini ta’kidladi», deyiladi xabarda.
Muzokaralar yakunida Rossiya va KXDR örtasida 2026-2027 yillarga möljallangan vazirliklararo almaşinuv rejasi imzolandi.











