Joriy yil 10 may kuni Marğilon şahridagi köp qavatli uy yölagida öynab ötirgan 2,5 yaşar bola – Abubakr Akramjonovni şu yerdagi xonadonlardan birida yaşovçi 55 yoşli ayol Gentra avtomobilida bosib ketgan.
Kun.uz’da mavjud videoda avtomobil yöl çetida öynab ötirgan bolaning ustidan ötib, old ğildiragi bilan kökrak qismi, orqa ğildiragi bilan esa tos qismini bosib ötib, bolaning baqirganini eşitmay öz yölida bamaylixotir davom etib, hodisa joyidan ketib qolgan.
Uşbu holat köçaga örnatilgan kuzatuv kameralarida yozib qolingan.
«Nevaramning tos suyaklari 3 joyidan sindi. Bir oy töşakka mixlanib yotdi. Hozir ham özida emas. Haydovçi ayol esa pinagini buzgani ham yöq. Olti oy davomida yaxşi böladi deyişdi. Lekin batamom yaxşi bölib ketişiga heç kim kafolat bermaydi», deydi bolaning buvisi Kun.uz bilan suhbatda.
Ayni paytda holat böyiça jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgan.
Kun.uz holat böyiça suriştiruv ötkazmoqda.












