Prezident farmoni bilan şu yil may oyigaça “Davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş töğrisida”gi qonun işlab çiqilişi kerak edi. Ijroçi – Akmal Burhonov boşliq Antikorrupsiya agentligi. Iyulning örtasiga ham keldikki, loyihadan darak yöq. Kun.uz qabul qilinişi 8 yildan buyon ortga surib kelinayotgan qonunning ahamiyati, qolaversa, yana boşqa muhim masalalar haqida faollar bilan suhbatlaşdi.

2017 yildan beri “Davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş töğrisida”gi qonun qabul qilinişi kutiladi. Şu yil 5 mart kuni prezident boşçiligida korrupsiya masalalariga bağişlangan kengaytirilgan yiğilişda bu masalaga uzil-kesil nuqta qöyilib, hujjat may oyida tayyor qilinişi yuzasidan topşiriq berilgandi. Bu davlat rahbarining tegişli farmoni bilan ham mustahkamlandi.

Ammo iyul oyi keldiyamki, qonundan darak yöq. Xöş, nima sabab bu keçiktirilyapti, özi bu qonun bizga nega kerak edi, bundan taşqari, şu yil yanvardan kuçga kirgan “Manfaatlar töqnaşuvi” töğrisidagi qonun qanday işlayapti? Kun.uz şu kabi savollar bilan siyosatşunos Hamid Sodiq hamda huquqşunos Javonşer Rustamovga yuzlandi. Quyida suhbatdan qisqa şarh keltiriladi.

“Davlat hokimiyati organlari xodimlarining pullari nazorat qilib turilişi kerak”

Hamid Sodiq suhbat avvalida nima sabab hokimiyat boşqaruvçilarining mol-mulki deklaratsiya qilinişi lozimligini tuşuntirişga urindi.

Uning aytişiça, davlatçilik bosqiçlaridan kelib çiqilsa, modern dunyoda hokimiyat insonga tegişli deb hisoblana boşlangan, şunga muvofiq undan keladigan resurs va pullar ham xalqnikidir.

“Jon Lokk degan olim boşqaruv haqida ikkita traktat yozadi va bu liberalizmning asosini taşkil qiladi. Oldin hokimiyat xonga, podşohga, imperatorga butunlay tegişli böladigan bölsa, endi har birimizga tegişli degan konsepsiyani ilgari surdi. Har birimizga tegişli va umumiy olganimizda hokimiyat xalqqa tegişli, dedi.