Eron davlat naşrlari mamlakat prezidenti Ma’sud Pizişkiyon iyun oyida Isroil harbiylari Tehronning yadroviy obektlari va harbiy infratuzilmalariga qarşi harbiy amaliyot doirasida yöllagan aviazarba natijasida yengil jarohat olgani haqida xabar tarqatdi.

Islom inqilobi muhofizlari korpusiga yaqin hisoblangan Fars agentligi xabariga köra, 16 iyun kuni Isroilning oltita bombasi Tehrondagi maxfiy yerosti kompleksining kiriş qismiga taşlangan, bu vaqtda binoda Pizişkiyon Eron milliy xavfsizlik oliy kengaşi yiğilişida qatnaşayotgandi.

Naşrning yozişiça, prezident yiğilişning boşqa iştirokçilari bilan birgalikda avariyaviy şaxta orqali evakuatsiya qilinayotganida oyoğidan yengil jarohat olgan.

Agentlikning yozişiça, hujum Livandagi «Hizbulloh» harakati yetakçilaridan biri Hasan Nasrullohni öldiriş operatsiyasiga öxşaş tarzda işlab çiqilgan.

Tehrondagilar Isroil mazkur obekt haqida qanday qilib ma’lumot topganini tekşirmoqda va ularga Eron hukumat tuzilmalaridagi josuslar yordam bergani istisno etilmayapti.

Fars naşrining Pizişkiyon bölgan obektga zarba yöllangani haqidagi ma’lumoti boşqa mustaqil manbalar orqali tasdiqlanmagan. Isroil ham bu ma’lumot yuzasidan izoh bermadi.

Bloklangan çiqiş yöllari

Eron va Isroil örtasidagi 12 kunlik havo zarbalari almaşinuvi davomida ijtimoiy tarmoqlarda Isroil harbiylari Tehron şimoli-ğarbidagi toğ yonbağrini tinimsiz öqqa tutayotgani aks etgan videolar paydo böldi.

Endi ma’lum bölişiça, uruşning törtinçi kunida berilgan zarbalar Eron poytaxtidagi öşa paytda mamlakatning oliy rahbariyati joylaşgan maxfiy yerosti majmuasiga qaratilgan.

Fars ma’lumotiga köra, Isroilning bombardimon qilişi natijasida obektga kiriladigan barça oltita nuqta, şuningdek, uning ventilyatsiya tizimi bloklab qöyilgan.

Yerosti majmuasida elektr ta’minoti ham uzilgan, biroq Pizişkiyon xavfsiz joyga ötişga muvaffaq bölgan.

Eron Milliy xavfsizlik oliy kengaşi mamlakat oliy rahnamosi Ali Xominaiydan keyin mamlakatdagi ikkinçi muhim hokimiyat instituti hisoblanadi.

Ötgan hafta Pizişkiyon Isroil uni öldirişga uringani haqida gapirgandi, biroq Isroil mudofaa vaziri Israel Kats bu ayblovlarni yolğon deb atadi hamda Erondagi «rejim özgarişi» uruşning maqsadi emasligini ta’kidladi.