Kiyevda Ukraina xavfsizlik xizmati polkovnigi Ivan Voroniçni FSB buyruği bilan otib öldirgan Rossiya maxsus xizmati agentlari yöq qilindi, deb xabar qildi SBU. Voroniçning qotillarini topiş böyiça maxsus operatsiya tafsilotlari Ukraina maxsus xizmati rahbari Vasiliy Malyukning murojaatida e’lon qilingan.
Unga köra, «RF FSB agent-jangovar guruhi» Ukrainaga oldindan jönatilgan, unga erkak va ayol kirgan. Ular polkovnikning orqasidan yurib, uning kun tartibi va marşrutlarini bilib oldi, söng kuratoridan töpponça yaşirib qöyilgan joyning koordinatalarini oldi. Qotillikni amalga oşirib, ular Kiyev viloyatida yaşirinişga harakat qilgan.
«Yaşirin qidiruv, faol aksilrazvedka harakatlari natijasida duşman uyasi aniqlandi», hibsga oliş vaqtida ular «qarşilik körsata boşladi, öt oçildi, şuning uçun ular yöq qilindi», dedi SBU rahbari. Videoda Malyukning orqasida maşinalarni köriş mumkin va u kadrdan çiqa boşlaganida jasadlar ham köringan.
50 yoşli SBU polkovnigi Ivan Voroniç 10 iyul kuni ertalab Kiyev markazida öldirilgan. Ukraina ommaviy axborot vositalarining yozişiça, Voroniç taxminan soat 09:00 da uyidan çiqib ketayotganida bir kişi unga yaqinlaşib, töpponça bilan beş marta öq uzgan, şundan söng u jinoyat joyidan qoçib ketgan. Ukraina maxsus xizmati zobiti olgan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan.











