Britaniyaning BBC naşri va Rossiyaning «Mediazona» agentligi köngillilar jamoasi Ukrainaga keng kölamli bosqin paytida Rossiya tomonida jang qilgan va halok bölgan 119 mingga yaqin harbiyning ismi-şarifini aniqladi. Ular orasida 28 ta davlat vakili, jumladan özbekistonliklar ham bor.
Qayd qilinişiça, ular Rossiya fuqaroligiga ega bölmagan, Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolagan va ölimi oçiq manbalar - hukumat hisobotlari, ijtimoiy tarmoqlardagi qarindoşlarining postlari yoki qabrdagi fotosuratlari asosida tasdiqlangan xorijliklardir. Aslida Ukrainada Rossiya tomonida jang qilib, halok bölgan xorijlikliklar soni ança köp. Ismlar röyxatini tuzişda Ukraina tomoni yoki Ğarb razvedkasi ma’lumotlaridan foydalanilmagan.
Mahbuslardan tortib köngillilargaça
Çet elliklar orasida halok bölganlar soni böyiça KXDR yetakçilik qilişi ehtimoli katta. Ammo şimoliy koreyaliklar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydi va rasmiy Pxenyan öz yöqotişlari haqidagi ma’lumotlarni yaşiradi, şuning uçun hozirgaça Şimoliy Koreyaning birorta qurboni nomi aniqlanmagan. Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga köra, Şimoliy Koreyaning 600 nafarga yaqin askari Ukrainadagi frontda halok bölgan.
Ta’kidlanişiça, şaxsi aniqlangan xorijliklar orasida eng köpi Tojikistondan (72 kişi), ikkinçi örinda Özbekiston (66 kişi) fuqarolari. Ularning ismi-şarifi maqolada keltirilmagan.
Ikkala holatda ham halok bölganlarning yarmidan köpi Rossiya koloniyalaridan frontga ketgan. Tojikistondan 43 nafar va Özbekistondan 46 nafar mahbus qamoq jazosidan qutulişga harakat qilib, köpinça «Vagner» XHK bilan şartnoma imzolagan.
2023 yil yanvar oyidan boşlab koloniyalardan yollaş huquqi faqat Rossiya Mudofaa vazirligiga ötdi va «vagnerçilar» asta-sekin orqaga surildi. Yevgeniy Prigojinning muvaffaqiyatsiz isyoni, «Vagner»ning amalda tarqatib yuborilişi va keyinçalik, Prigojinning aviahalokatda qurbon bölişi ortidan «vagnerçilar»ning koloniyalardagi faoliyatiga barham berildi. 2024 yilda koloniyalardagi çet elliklarni frontga yollaş holatlari hali ham kuzatildi, biroq endi ommaviy emas edi.
Huquq faollariga köra, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi Rossiyada işlayotgan Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan migrantlarga bosim ötkaziş vositasiga aylandi. Ta’kidlanişiça, ular, masalan, mamlakatga kiriş taqiqini bekor qiliş, fuqarolikni olişni tezlaştiriş yoki deportatsiyani bekor qiliş va’dalari evaziga uruşda qatnaşişga majbur böldi. Advokatlar migrantlar tahdid ostida Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaşga majburlangan köplab holatlarni qayd etgan.












