Moskva harbiy sudi rossiyalik yozuvçi Boris Akuninni terrorizm va boşqa jinoyatlarda ayblab, sirtdan 14 yilga rejimi kuçaytirilgan koloniyaga hukm qildi, deb yozdi «TASS».

Sud hukmiga qöşimça ravişda yozuvçiga 4 yil davomida internet resurslarini boşqariş taqiqlandi va 400 ming rubl miqdorida jarimaga tortildi. Akunin «terrorçilar va ekstremistlar» reyestriga kiritilgan va «çet el agenti» sifatida tan olingan.

Dastlab prokuratura yozuvçiga 18 yil qamoq jazosini talab qilgan edi. Ayblov xulosasida terrorçilik faoliyatiga kömaklaşiş, terrorizmni ma’qullaş, «çet el agenti» töğrisidagi qonun talablariga rioya qilmaslik kabi bandlar mavjud.

Terrorizmni ma’qullaganlik ayblovi 2024 yil 18 fevraldagi postiga asoslangan, unda yozuvçi şunday degan:

«Men uzoq vaqtdan beri evolyutsioner bölganman, lekin hozir men inqilob tarafdoriman, çunki diktaturadan qutulişning boşqa yöli yöq. Saylovda tanlov bölmagan va bölmaydi ham, rejim öziga qarşilarni öldiradi yoki qamoqda çiritadi. Ha, inqilob - bu portlaş. Lekin tarixda şunday vayronalar bölgan-ki, ularni portlaşdan boşqa heç narsa tozalay olmaydi».

Boris Akunin (haqiqiy ismi Grigoriy Şalvoviç Çxartişvili) rossiyalik yozuvçi, adabiyotşunos, tarjimon va jamoat arbobi, 1956 yilda Gurjistonda tuğilgan. «Azazel», «Turetskiy gambit», «Leviafan», «Statskiy sovetnik» kabi besseller asarlari bilan tanilgan.

Şuningdek, Akunin keskin siyosiy bayonotlari va Rossiya prezidenti Vladimir Putin rejimini tanqid qilişi bilan maşhur. 2014 yildan beri Londonda istiqomat qiladi.