Oval kabinetda NATO Boş kotibi Mark Ryutte bilan uçraşgan Donald Tramp Vladimir Putindan hafsalasi pir bölganini va Ukrainadagi mojaroni hal qiliş böyiça Moskvaning pozitsiyasidan norozi ekanini ma’lum qildi.

«Biz juda, juda norozimiz. Agar 50 kun içida tinçlik kelişuviga erişa olmasak, juda katta bojlar kiritamiz. Tariflar 100 foiz atrofida böladi», dedi Tramp va bular Rossiyaning savdo hamkorlariga qaratilgan «ikkilamçi tariflar» bölişini qöşimça qildi.

«Prezident Putindan hafsalam pir böldi, çunki biz ikki oy oldin kelişuvga erişamiz deb öylagandim, ammo bu kelişuvga erişilmaydiganga öxşaydi. Şundan kelib çiqib, 50 kun içida kelişuvga erişilmasa, ikkilamçi bojlarni joriy etişni rejalaştiryapmiz. Hammasi juda oddiy… Umid qilamanki, bunday qilişga töğri kelmaydi», – degan Oq uy rahbari.

AQŞ yetakçisiga köra, u Rossiya bilan uruş böyiça «taxminan tört marta» kelişuvga yaqin kelganini his qilgan. Biroq bu amalga oşmagan.

«Biz hozirça kelişa olmagan yagona davlat — Rossiya… Nazarimda, biz allaqaçon tört marta bitim tuzgandik, endi esa uni tuziş haqida gapirişda davom etmoqdamiz.

Men [Putin] bilan köp gaplaşaman, göşakni qöyaman va „Bu yaxşi telefon suhbati böldi“, deyman. Keyin esa Kiyev yoki boşqa bir şaharga raketalar uçirişadi. Bu uç-tört marta sodir bölganda, siz [Putin bilan] bu suhbatlar heç qanday ma’noga ega emasligini tuşunasiz.

Men uyga kelib, birinçi xonimga şunday deyman: «Bugun men Vladimir bilan gaplaşdim. Ajoyib suhbat qurdik. U esa hozirgina navbatdagi şaharga hujum qilinganini aytadi», degan Tramp.

AQŞ prezidenti şuningdek, Ukrainaga milliardlab dollarlik harbiy texnika taqdim etilişini ma’lum qildi: Vaşington «eng yuqori sifatli qurollarni işlab çiqariş» va ularni NATOga yuborişni rejalaştirmoqda, keyin esa alyans ularni «kerakli joy»ga yuboradi.

Reuters agentligi yozişiça, bu harbiy jönatmalar raketa tizimlari va Patriot batareyalarini öz içiga oladi.

«Bu batareyalarning töliq töplami», – dedi Tramp undan aynan Patriot raketalarini yetkazib berasizmi, deb söraşganida.

U boşqa davlatlar tomonidan buyurtma qilingan 17 ta Patriot batareyasining bir qismi yoki barçasi Ukrainaga «juda tez fursatlarda» jönatilişi mumkinligini ta’kidlagan.

Trampning sabri tugadimi?