14 iyul, duşanba kuni Tovar-xomaşyo birjasidagi savdolarda Ai-80 markali benzin narxi tonnasiga örtaça 10 mln 274 ming sömgaça kötarildi. Bu – rekord körsatkiç sanaladi.

Örtaça narx avvalgi savdo kuniga qaraganda 282 ming sömga qimmat böldi. Sotilgan hajm 1650 tonnani taşkil etdi.

Bundan avvalgi rekord 10 iyul kungi savdolarda örnatilgan: öşanda ham 1650 tonna Ai-80 benzini sotilib, örtaça narx 10 mln 195 ming sömga teng bölgandi.

11 iyulda esa birjada noodatiy ravişda köp: 11 730 tonna Ai-80 benzini sotildi va örtaça narx 203 ming sömga arzonlaşib, 9 mln 992 ming sömgaça tuşgandi.

14 iyul kungi örtaça narx (10 mln 274 ming söm) – bir yil oldingidan 15 foizga, ikki yil oldingidan 47 foizga yuqori.

Bu raqamlar Ai-80 benzini narxi Özbekistondagi rasmiy inflatsiyadan bir neça barobar yuqori ösayotganini körsatadi.