2025 yilning yanvar-may oylarida 4,2 mln nafar çet el fuqarolari turistik maqsadlarda Özbekistonga taşrif buyurgan.
Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, bu körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 1,4 mln nafarga yoki 48,2 foizga oşgan.
Turistlarning mamlakatlar böyiça taqsimoti quyidagiça:
- Qirğiziston –1,2 mln nafar;
- Tojikiston – 993,7 ming nafar;
- Qozoğiston – 889,6 ming nafar;
- Rossiya – 334,3 ming nafar;
- Afğoniston – 199,2 ming nafar;
- Turkmaniston – 142,5 ming nafar;
- Turkiya – 65,8 ming nafar;
- Xitoy – 51,9 ming nafar;
- Hindiston – 28,5 ming nafar;
- Italiya – 17,4 ming nafar;
- boşqa davlatlar – 201,1 ming nafar.















