Rossiya va AQŞ örtasidagi «konstruktiv muloqot» davom etadi, çunki bu «bosimga qarşi urinişlardan köra samaraliroq». Bu haqda özining Telegramʼdagi kanalida Rossiya töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi (RFPI) rahbari, Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan sarmoyaviy va iqtisodiy hamkorlik böyiça maxsus vakili Kirill Dmitriyev yozgan.
Dmitriyevning sözlariga köra, hozirda Moskva va Vaşington örtasidagi muloqotni «barça mumkin bölgan usullar bilan» buziş uçun «titanik harakatlar» qilinmoqda. Vladimir Putinning maxsus vakili bu harakatlarni aynan kim amalga oşirayotganiga aniqlik kiritmadi.
U, şuningdek, AQŞning avvalgi prezidenti Jo Baydenni «notöğriligini isbotlagan xato yondaşuvlari» uçun tanqid qildi. «Teng huquqli muloqot, özaro hurmat, realizm va iqtisodiy hamkorlik global xavfsizlik va barqaror tinçlikning asosidir», — deya yakunlanadi Dmitriyev posti.
10 iyul kuni AQŞning amaldagi prezidenti Donald Tramp Amerikaning NBC telekanaliga bergan intervyusida Rossiyadan «hafsalasi pir bölganini» va bu borada «muhim bayonot» bermoqçi ekanini aytdi. Axios naşri Tramp Kiyevga nafaqat Patriot zenit-raketa komplekslarini, balki Moskvagaça yetib boradigan uzoq masofalarga uçadigan raketalarni yetkazib berişini e’lon qilişini kutgandi. Yevropa ittifoqçilari bu ta’minot uçun pul tölaşi lozim.












