AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi, deb xabar beradi Reuters.
«Yöq, u [Zelenskiy] Moskvaga hujum qilmasligi kerak», — dedi Tramp jurnalistlarning Ukraina Moskvaga zarbalar yöllaşi kerakmi degan savollariga javoban.
AQŞ prezidenti bunday bayonotni Financial Times gazetasi öz manbalariga tayanib, Tramp iyul boşlarida Zelenskiy bilan suhbatda Ukrainani Moskva va Peterburgga hujum qilişga çaqirgani haqida yozganidan keyin bildirib ötdi.
Uşbu maqoladan keyin Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt «Financial Times ölib borayotgani sabab, e’tibor tortiş maqsadida kontekstdan sözlarni yulib olişi bilan tanilganini» ma’lum qildi.
Tramp va Zelenskiy 4 iyulda bölib ötgan suhbatda Ukraina Qurolli kuçlarining Moskvaga zarbalarini muhokama qilgani töğrisida The Washington Post gazetasi ham yozgan edi.













