Numbeo tahliliy portali 2025 yil uçun dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlar va hududlarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Tadqiqot butun dunyo böylab ötkazilgan sörovlar orqali töplangan ma’lumotlarga asoslangan bölib, jinoyatçilik va xavfsizlik darajasini sub’yektiv tarzda baholaydi.
Yangi hisobotga köra, dunyodagi eng xavfsiz davlatlar röyxatida Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA) yetakçilik qilmoqda. Amirliklar şaxsiy xavfsizlik va jamoat muhitining umumiy barqarorligi uçun yuqori baho olgan. Ikkinçi örinda Andorra, uçinçi örinda Qatar joylaşgan. Özbekiston 25-örinda qayd etilgan.
Eng xavfsiz mamlakatlar va hududlar öntaligi quyidagilardan iborat:
- Birlaşgan Arab Amirliklari;
- Andorra;
- Qatar;
- Tayvan;
- Makao;
- Ummon;
- Men oroli;
- Honkong;
- Armaniston;
- Singapur.
Qayd etilişiça, uşbu davlatlar va mintaqalarda jinoyatçilik darajasi past, aholining huquqni muhofaza qiluvçi organlarga işonçi yuqori, içki vaziyat barqaror.
Özbekiston reytingda 25-örinni egalladi. Ozarboyjon 35-örinda, Rossiya 52-örinda, Qozoğiston 73-örinda, Ukraina 81-örinda, Qirğiziston 101-örinda qayd etilgan. Turkmaniston va Tojikiston reytingga kiritilmagan.
Eng xavfli mamlakatlar röyxatida Haiti birinçi örinda. Keyingi poğonalarda Papua-Yangi Gvineya, Venesuela, Afğoniston, Janubiy Afrika, Honduras, Trinidad va Tobago, Suriya, Yamayka va Peru qayd etilgan.
Ma’lumotlarga köra, uşbu mamlakatlar zöravonlik, köça jinoyati, talonçilik, korrupsiya va xavfsizlik hissiga salbiy ta’sir körsatadigan boşqa omillar böyiça yuqori ball olgan.
Numbeo jinoyatlar darajasi, kunduzgi va tungi xavfsizlik hamda öğirlik, hujum, vandalizm, irqiy yoki diniy zöravonlik qurboni böliş xavfini baholovçi foydalanuvçilarning javoblari asosida Jinoyat indeksi va xavfsizlik indeksini hisoblab çiqadi.











