Reyd tadbiriga viloyat ekologiya boşqarmasi inspeksiya boşliği boşçiligidagi ekologik nazorat inspeksiyasi xodimlari jalb etilgan.

Reyd davomida inspektorlar Xorazm viloyatida yaşovçi fuqarolar tomonidan (şaxsi noma’lum) «ZIL» rusumli yuk maşinasi bilan çöl massivi hududidan noqonuniy ravişda saksovul ösimligini kesib, yuk maşinasiga ortgan holda çölning içki yöli orqali ketayotganini körib qolgan va boşqarmaga tegişli avtomaşina bilan yuk maşinasini ta’qib qilgan.

Kuzatuv davomida taxminan 110 km masofadan söng yuk maşinasi Ğuzor–Buxoro–Nukus A-380 avtomobil yölining Buxoro viloyatidan Xorazm viloyati yöliga çiqib, harakatni davom ettirgan. Şundan söng inspeksiya boşliği avtomobil yöli böylab 5 km masofadan söng boşqarma inspeksiya xodimlarini orqadan kelayotgan boşqa avtomaşinalarni nazorat qiliş uçun tuşirib, özi «ZIL» rusumli yuk maşinasining ortidan kuzatuvni davom ettirgan. 

U yuk maşinasidan ötib ketganida taxminan 200 metr masofada Xorazm viloyatiga tegişli davlat raqami bölgan oq rangli «ISUZU» rusumli yuk maşinasi yölini tösgan. Maşinadan notaniş fuqarolar qölida har xil turdagi sovuq qurollar (bita, armatura, temir truba) bilan tuşib kelib, boşqarmaning avtomaşinasini urib, paçoq qilgan hamda inspeksiya boşliğini har xil nojöya sözlar bilan haqoratlagan. Şundan söng u voqea joyidan ketgan.

Bundan taşqari, huquqbuzarlar boşqarma inspeksiya xodimlarining yuz va tana qismlari barça sohasiga urib, turli xil oğir tan jarohatlari yetkazgan (birining oyoği singan). Keyin ularni yuk maşinasining bortiga yuklab, özlari bilan olib ketayotgan vaqtda inspektorlar harakatlanib turgan yuk maşinasining orqa bort qismidan özlarini taşlab, qoçişga ulgurgan.

Ayni damda mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati Tuproqqal’a tuman prokuraturasi tomonidan tergov işlari olib borilmoqda.