Ma’lum bölişiça, kompaniya içimlikni işlab çiqariş jarayonida makkajöxori siropini qamiş şakariga almaştirişga rozi bölgan.

Coca-Cola kompaniyasi Amerika bozori uçun işlab çiqariladigan içimliklarda yuqori fruktozali makkajöxori siropini tabiiy şakarqamişga almaştirişga rozi böldi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi.

Tramp korporatsiya top-menejerlari bilan şaxsan muzokaralar olib borganini aytib, qabul qilingan qaror uçun ularga minnatdorlik bildirdi.

"Men Coca-Cola bilan Amerika Qöşma Ştatlaridagi içimlik tarkibida REAL şakarqamişdan foydalaniş haqida gaplaşdim va ular bunga rozi bölişdi. Men Coca-Colaʼdagi barça vakolatlilarga rahmat aytmoqçiman", deb yozgan Tramp.

Uşbu taşabbus Tramp ma’muriyatining soğliqni saqlaş vaziri Robert Frensis Kennedi tomonidan qöllab-quvvatlanadigan “Amerikani yana soğlom qilamiz” (MAHA) dasturi bilan boğliq.

Loyiha mahsulotlar tarkibidagi zararli ingrediyentlar uluşini kamaytiriş va tabiiy komponentlardan foydalanişni rağbatlantirişga qaratilgan.

Kennedi, şuningdek, Amerika ratsionida iste’mol qilinadigan şakar miqdorini ham tanqid qilgan.

Reuters'ga köra, Coca-Cola allaqaçon bir qator mamlakatlardagi mahsulotlaruçun şakarqamiş siropidan foydalanadi. 

AQŞning örta ğarbiy qismida joylaşgan makkajöxori işlab çiqaruvçilari uzoq vaqtdan beri Vaşingtondagi qonunçilarga katta ta’sir ötkazib keladi. Prezidentning vatani Florida ştati esa mamlakatning eng yirik şakarqamiş işlab çiqaruvçisi hisoblanadi. 

"Yuqori fruktoza makkajöxori siropini qamiş şakariga almaştiriş mantiqqa töğri kelmaydi", degan Makkajöxori qayta işlovçilar uyuşmasi prezidenti va boş direktori Jon Bode.

“Bundan taşqari, yuqori fruktozali makkajöxori siropini qamiş şakariga almaştiriş Amerikaning oziq-ovqat işlab çiqarişidagi minglab iş joylariga qimmatga tuşadi, fermer xöjaliklari daromadini kamaytiradi va xorijiy şakar importini oşiradi, bularning barçasi ozuqaviy foyda keltirmaydi" – degan Jon Bode, Makkajöxori qayta işlovçilar uyuşmasi prezidenti

AQŞ prezidenti kola içişni yaxşi körişini yaşirmaydi. Mart oyida u jurnalistlarga Oval kabinetidagi iş stolida içimlikka buyurtma beriş uçun maxsus tugma örnatilganini aytgandi.