Hujjatlar bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2025-2027 yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarning barça toifadagi xöjaliklarida piyoz va sabzi mahsulotlarini yetiştirişni köpaytirişning maqsadli körsatkiçlari;
- meva-sabzavot mahsulotlari yetiştiruvçi sub’yektlar tomonidan mahsulotlarni saqlaş uçun sovitkiçli omborxona, saralaş, quritiş, qadoqlaş va qayta işlaş infratuzilmalarini taşkil etiş böyiça maqsadli körsatkiçlar;
- respublika hududida moyli ekinlar yetiştirişga ixtisoslaşgan tumanlarni taşkil etiş.
Meva-sabzavotçilikka ixtisoslaşgan tumanlarda Zomin tajribasiga asoslanib, kamida 100 gektar maydonga yuqori hosilli piyoz va sabzi navlarini ekiş, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni qöllaş, şu jumladan yomğirlatib va tomçilatib suğoriş, hamda agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va sifatli ötkaziş orqali yuqori hosil oliş ta’minlanadi.
Hududlarning tuproq-iqlim şaroitlariga qarab, almaşlab ekiş tizimida qişloq xöjaligi uçun möljallangan suğoriladigan maydonlarning 5 foizigaça moyli ekinlar ekişga ruxsat etiladi, bunda bir dalada moyli ekinlarni 2 yildan ortiq ekiş taqiqlanadi.
Yoğ-moy korxonalari va tovar işlab çiqaruvçilar örtasida moyli ekinlarni xarid qiliş böyiça şartnomalar Qişloq xöjaligi vazirligining "Agroplatforma" axborot tizimi orqali tuziladi.











