Qaror bilan respublika hududlarida moyli ekinlar uruğliklarini yetiştirişga ixtisoslaştiriladigan tumanlar tasdiqlandi. 

Qarorga köra, hududlarning tuproq-iqlim şaroitidan kelib çiqqan holda, qişloq xöjaligiga möljallangan suğoriladigan maydonlarning 5 foizigaça almaşlab ekiş tizimida moyli ekinlar ekilişiga ruxsat beriladi.

Kungaboqar ekinining tuproq unumdorligiga ta’sirini inobatga olib, asosiy va takroriy maydonlarga ekilgan kungaboqar ekinidan keyin siderat  ekinlarini ekiş va tuproq ostiga şudgor qiliş amaliyoti qöllaniladi.

Qayta işlovçi yoğ-moy korxonalari bilan mahsulot yetiştiruvçi sub’yektlar örtasida moyli ekinlar hosilini xarid qiliş böyiça şartnomalar  "Agroplatforma" axborot tizimi orqali tuziladi.

2026 yil hosilidan boşlab, moyli ekinlar yetiştiriladigan maydonlarning aniq hisob-kitobi yuritiladi va uşbu ekin maydonlarining 500 gektarida ilmiy asoslangan almaşlab ekiş tizimi joriy qilinadi.