Ukraina prezidenti özining keçki murojaatida Rustem Umerov Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşining yangi kotibi sifatida Rossiya tomoniga keyingi haftada navbatdagi uçraşuvni taklif qilganini aytdi.

«Muzokaralar dinamikasini oşiriş kerak. Öt oçişni töxtatiş uçun hamma narsani qiliş kerak», deb qöşimça qildi Volodimir Zelenskiy.

Rossiya va Ukraina 16 may va 2 iyun kunlari Istanbulda ikkita uçraşuv ötkazdi. Ular tomonlarning pozitsiyalari örtasidagi ziddiyatlarning çuqurligini körsatdi, ammo muzokaralardan keyin asirlarning katta guruhlari va halok bölganlarning jasadlari bilan bir neçta almaşinuvlar bölib ötdi. Umerov öşa paytda mudofaa vaziri sifatida muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga rahbarlik qildi.

Zelenskiy, şuningdek, Rossiya va Ukraina yetakçilarining uçraşuvini zarur deb hisoblaşda davom etişini ta’kidladi va bunday uçraşuvga tayyorligini qöşimça qildi.

Zelenskiy muzokaralarning aniq sanasini hali aytmadi, şuningdek, Rossiyaning Ukraina taklifiga munosabati ham hozirça ma’lum emas.

Avvalroq, Rossiya taşqi işlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Ukraina mojarosini hal qiliş böyiça muzokaralar ulardan qoçayotgan yoki muloqotga tayyorligini aniqlay olmayotgan Kiyev tufayli töxtab qolganini aytgan edi.

«Rossiya 24» kanali efirga uzatgan brifingda u Moskva muzokaralarga tayyorligini bir neça bor e’lon qilganini, 2022 yilda ham şunday bölganini, hozir ham şunday ekanini eslatdi.