Ukraina Yevropa Ittifoqi yangi budjetining taxminan 20 foizini oladi, dedi Vengriyaning Yevropa işlari böyiça vaziri Yanoş Boka DW muxbiri bilan suhbatda. Uning sözlariga köra, rasmiy Budapeşt Yevrokomissiyaning 2028-2034 yillarga möljallangan yangi budjet böyiça taklifini örganib çiqib, şunday xulosaga kelgan.
«Biz dastlabki tahlil ötkazdik va xulosaga keldikki, bu taklifga köra, Ukraina nafaqat Ukraina jamğarmasidan mablağ oladi, balki töğridan töğri yoki bilvosita uşbu yetti yillik davr uçun Yevropa Ittifoqi budjetining taxminan 20 foizini oladi. Bu şuni anglatadiki, budjetdagi har beşinçi yevro töğridan töğri yoki bilvosita Ukrainaga ketadi. Men buni mantiqiy emas deb hisoblayman», dedi u.
Vengriya hukumati qanday qilib bunday xulosaga kelgani haqida söralganda, u Ukraina jamğarmasidan ajratiladigan 100 milliard yevrodan taşqari, Kiyev Yevropa tinçlik jamğarmasidan foydalanişini, uning miqdori ikki baravar köpaytirilib, 31 milliard yevroga yetişi va «bu mablağlarning katta qismi Ukrainaga yönaltirilişini» tuşuntirdi. DW muxbirining Vengriya uşbu jamğarmani bloklayotgani haqidagi sözlariga javoban, Boka gap amaliyot emas, balki Yevropa komissiyasining taklifi haqida ketayotganini aytdi.
Bundan taşqari, Budapeşt hisob-kitoblariga köra, mudofaa sanoati budjeti 5 barobar oşirildi, uning asosiy maqsadlaridan biri Ukraina va Ukraina mudofaa sanoatini qöllab-quvvatlaşdir. «Şuning uçun, men bu pulning katta qismi ham Ukrainaga ketişini kutyapman», dedi u. «Yevropa Ittifoqining Global Europe taşqi siyosat jamğarmasi ham Ukraina bilan boğliq masalalarni moliyalaştirişga imkon beradi. Qöşimça kredit liniyasini yaratiş közda tutilgan, bu Ukrainani kreditlar orqali moliyalaştiriş nuqtayi nazaridan çeksiz imkoniyatdir».












