Çexiya prezidenti Petr Pavel mamlakat jinoyat kodeksiga kommunizm tarğiboti uçun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvçi tuzatişlar kiritiş haqidagi hujjatni imzoladi, deb xabar bermoqda Euractiv portali.
Kommunistik mafkura tarğiboti endi Çexiyada natsistlar taşviqoti bilan tenglaştiriladi va 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi. Qonunda «inson huquqlari va erkinliklarini bostiriş yoki irqiy, etnik, milliy, diniy yoki sinfiy adovatni qözğatişga qaratilgan aniq maqsadli natsist, kommunistik yoki boşqa harakatlarni yaratgan, qöllab-quvvatlagan yoki tarğib qilgan» har qanday şaxs jazolanişi aytilgan.
Qonunga kiritilgan özgartiriş Çexiyaning qator ilmiy-tadqiqot institutlari, jumladan, Totalitar rejimlarni örganiş instituti huquqiy nomutanosiblikni tuzatiş böyiça çaqiriq bilan çiqqanidan söng amalga oşirildi.
Kommunizmni tarğib qilişni taqiqlaş Çexiya parlamenti deputati Katerjina Koneçna boşçiligidagi Çexiya va Moraviya Kommunistik partiyasi tomonidan qoralandi. Partiya bu taşabbusni «Çexiya va Moraviya Kommunistik partiyasini qonundan taşqari deb e’lon qiliş va hozirgi rejim tanqidçilarini qörqitiş uçun muvaffaqiyatsiz uriniş» deya ma’lum qildi.












