Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Şuşadagi mediaforumda qilgan çiqişi çoğida Ukraina va ukrain xalqini «heç qaçon okkupatsiyaga rozi bölmaslik»ka çaqirdi.
Jurnalistlardan biri Ilhom Aliyevdan öttiz yillik kuraşdan söng hududiy yaxlitligini tiklay olgan davlat rahbari sifatida ukrainlarga qanday maslahat berişi mumkinligini söragan.
«Bir neça yil oldin ötkazilgan tadbirlardan birida Ukraina vakilining şunga öxşaş savoliga javob beriş imkoniyatiga ega bölganman. Öşanda ham hozir aytadigan gapimni aytgandim. Va mening javobim Ukraina va ukrain xalqining intilişlariga mos keladi, deb hisoblayman. Heç qaçon okkupatsiyaga rozi bölmang. Bu asosiy maslahat. Biz aynan şunday yöl tutdik», – dedi Aliyev.
Aliyev Ukraina va Qoraboğ mojarolarini taqqoslab, BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyalarini amalga oşirişda oldinga siljiş bölmaganiga qaramay, Ozarboyjon mintaqa ustidan nazoratni mustaqil ravişda tiklaganini ta’kidladi.
U avvaliga mamlakat öta oğir iqtisodiy vaziyatda qolgani, qoçqinlar köp bölgani va xalqaro yordam berilmaganini eslagan.
«Sekin-asta örnimizdan turib, jonlanib, faqat bir narsani öylay boşladik. Işonçim komilki, fuqarolarimizning aksariyat köpçiligi men aytgan fikrlarga qöşiladi. Ular ham bosib olingan hududlarimizni qaytarib olişni öylaşardi. Qiyin bölişini bilardik», – dedi u.
Şundan keyin mamlakat öz hududlarini qaytarişga kirişgan. Ammo uning aytişiça, masalaga diplomatik yeçim topiş uçun tuzilgan YeXHT Minsk guruhi amalda Armanistonni qöllab-quvvatlagan va status-kvoni saqlaş uçun barça çoralarni körgan. Ozarboyjon esa «vaqtni çözişga urinişlar»ga toqat qilmay, 2020 yil mustaqil qaror qabul qilgan.
«Bizning xalqaro huquq, BMT Xavfsizlik Kengaşi Armaniston kuçlarini olib çiqib ketişni talab qiladigan törtta rezolyutsiya qabul qilgani haqidagi barça dalillarimiz – bularning barçasi haqiqatga könikiş haqidagi takabbur pand-nasihat devoriga urilib ketdi. Biz yangi haqiqatlar yaratamiz va siz bunga könikişga majbur bölasiz, deb qaror qildik. Şunday ham böldi, biz 2020 yilda yangi realliklarni yaratişni boşladik. Ular bunga könişga majbur böldi, keyin esa 2023 yil sentabrda amaliyot ötkazib, masalani bir kunda hal qildik», – degan u.
U öz javobi yakunida «heç qaçon taslim bölmaslik va hududiy yaxlitlikning buzilişini qabul qilmaslik» kerakligini yana bir bor ta’kidlagan.











