21 iyulga ötar keçasi Toşkent şahrining Olmazor tumanida vodorod peroksidi zaharli gazsimon moddasining havoga sizib çiqişi kuzatildi.

Air Tashkent xizmatining havo sifati datçiklari soat 01:00 dan boşlab Olmazor tumanida havo ifloslanişining «xavfli» va «öta xavfli» darajada yuqori ifloslaniş körsatkiçlarini qayd etgan.

Iqlimşunos Erkin Abdulahatovning e’tibor qaratişiça, platforma tungi soat 02:00 da atmosfera ifloslaniş indeks qiymatini 500 körsatkiçda taqdim etgan. Bu «öta xavfli» havo ifloslaniş qiymatidir. Olmazorliklar havoda tumanga öxşaş xiralik va burun xuddiki uksus moddasini hidlagani kabi juda zaharli hid bilan töqnaş kelganini ta’kidlaşgan.

Vodorod peroksidi (perekis) qanday modda?

Vodorod peroksidi — kuçli oksidlovçi xususiyatga ega bölgan kimyoviy birikma bölib, yuqori konsentratsiyada inson salomatligi uçun jiddiy xavf tuğdiradi.

Bu modda odatda tibbiyotda antiseptik vosita sifatida, sanoatda esa oqartiriş, tozalaş va kimyoviy reaksiya katalizatori vazifasida qöllanadi. Uning havoga tarqalişi salomatlik bilan boğliq turli muammolarini keltirib çiqarişi mumkin. Vodorod peroksidi buğlari nafas yöllarini qitiqlaydi, yötal, tomoq oğriği, köngil aynişi va boş oğriğini keltirib çiqaradi. Köz va teri bilan kontakt qilganda esa tirnaş, hatto kuyişga öxşaş alomatlar kuzatiladi.

Agar havodagi konsentratsiya yuqori bölsa, uzoq muddat ta’sir qiliş natijasida nafas yöllari yalliğlanişi, öpka faoliyati pasayişi, astma va bronxit kabi surunkali kasalliklar kuçayişi mumkin. Ayniqsa bolalar, qariyalar va surunkali kasalliklarga ega şaxslar uçun bu holat juda xavfli hisoblanadi.

FVV tekşiruv boşladi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, Olmazor tumanida joylaşgan omborxonadan vodorod peroksidi moddasi oçiq havoga sizib çiqişi kuzatilgan. Bu modda havoda boşqa elementlar bilan reaksiyaga kirişib, zaharli gazsimon tuman şakllantirgan.

FVV soat 04:00 da modda sizib çiqişi töliq bartaraf etilganini ma’lum qilgan. Hozirda voqea yuzasidan suriştiruv işlari olib borilyapti.

Avvalroq, Qöqonda ham suyuq ammiak havoga sizib çiqişi natijasida favqulodda holat