Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi, sobiq mudofaa vaziri Rustem Umerov Rossiya tomoniga kelasi hafta, ya’ni 21-27 iyul kunlari Istanbulda muzokaralarning uçinçi raundini ötkazişni taklif qildi, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 19 iyul yakunlari böyiça murojaatida.
«Muzokaralar dinamikasini oşiriş kerak. Öt oçişni töxtatişga erişiş uçun hamma narsani qiliş kerak. Rossiya tomoni ham yeçimlardan qoçişni bas qilişi kerak», – dedi Zelenskiy. U muzokaralar harbiy asirlarni almaşiş, bolalarni qaytariş va «qotilliklarni töxtatiş»ga bağişlanişi kerakligini qöşimça qilgan.
Zelenskiyning fikriça, uçraşuvni «yetakçilar darajasida» ötkaziş kerak. U bu «haqiqatan ham uzoq muddatli tinçlikni ta’minlaş uçun» zarurligini aytib ötgan. U bunday uçraşuvga tayyorligini qöşimça qildi. Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Putin bilan alohida uçraşuv, şuningdek, Putin va Donald Tramp bilan uç tomonlama uçraşuv ötkazişni taklif qilgandi.
TASS agentligining Rossiya muzokaralar guruhiga yaqin bölgan manbasi Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini kelasi hafta ötkazişni taklif qilganini tasdiqladi. Agentlikning yana bir manbasi ma’lum qilişiça, «sana hali yöq, kelişiladi». Kreml va Rossiya Taşqi işlar vazirligi hozirça Zelenskiyning taklifiga izoh bermadi. Şu bilan birga, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 18 iyul kuni Rossiya «muzokaralar jarayoniga dinamika qöşiş» tarafdori ekanligini aytdi.
Istanbul Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralar raundi uçun maydon bölib qoladi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligining «Zvezda» telekanali manbasi.
Germaniyaning Der Spiegel naşri «Ukrainaning yangi taşabbusi ortida AQŞ bilan kelişuvlar turgan bölişi mumkinligi»ni taxmin qildi. Yakunlangan hafta boşida Kiyevga AQŞ prezidentining Ukraina böyiça maxsus elçisi Kit Kellog kelgandi. Bundan taşqari, Donald Tramp 14 iyul kuni Moskva 50 kun içida uruşni töxtatiş böyiça kelişuvga erişmasa, Rossiyadan keladigan tovarlarga yuz foizlik bojlar joriy qiliş bilan tahdid qildi.
Rossiya va Ukraina bungaça Istanbulda muzokaralarning ikki raundini ötkazgandi — 16 may va 2 iyun kunlari. Tomonlar öt oçişni töxtatiş masalasida siljişga erişmagan, ammo asirlar va harbiylarning jasadlarini almaşişga kelişib olgandi.












