Rossiya çegaraçilari smartfonlarida terroristik va ekstremistik taşkilotlar bilan boğliq kanallar, şuningdek, «radikal va ukrainaparast pabliklarga» obuna bölgan Tojikiston va Özbekiston fuqarolarini mamlakatga kiritmadi. Bu haqda sud materiallariga tayanib, TASS xabar berdi.
Xususan, hujjatlardan birida Tojikiston fuqarosi Dilşod A. Rossiyada taqiqlangan radikal islomiy oqimlarning va’zlari bor kanallarga obuna bölgani, şuningdek, Rossiyaga qarşi kontentni tomoşa qilgani uçun Rossiya hududiga kiritilmagani körsatilgan.
Özbekiston fuqarosi Akmaljon B. radikal kayfiyatdagi diniy blogerlarning kanallarini, şuningdek, terrorçilik taşkilotlari faoliyati aks etgan videolarni tomoşa qilgani uçun mamlakatga kiritilmagan. Çegara xizmati bunday qiziqiş mamlakat xavfsizligiga tahdid tuğdiradi deb hisoblagan.
Nazoratdan ötolmagan yana bir qator xorijliklarning gadjetlarida Ukraina tarafdori bölgan kanallarga obunalar, Ukraina maxsus xizmatlarining «xatti-harakatlari» haqidagi videomateriallar va Rossiya huquq-tartibot idoralarini tanqid qiluvçi yozişmalar topilgan. Ayrim holatlarda xorijliklar çegaradan ötişdan oldin messenjerlardagi yozişmalarni öçirib taşlaşga uringani aniqlangan.
2024 yil 22 mart kuni «Krokus Siti Holl» konsert zalida sodir etilgan teraktdan söng, çegarada tizimli tekşiruvlar kuçaytirildi. Şundan beri, sud materiallariga köra, Tojikiston va Özbekistonning 20 dan ortiq fuqarosi Rossiyada işlaş yoki qarindoşlarinikiga boriş istagini rökaç qilib, mamlakatga kiriş taqiqiga e’tiroz bildirişga uringan, biroq sudlar çegaraçilarning qarorlarini öz kuçida qoldirgan.











