Kema egalari va neft treyderlari Hindistonning Nayara Energy neft kompaniyasi bilan hamkorlik qilişdan boş tortişni boşladi, deb yozadi 22 iyul, seşanba kuni Amerikaning Bloomberg agentligi. Bu Yevropa Ittifoqi kompaniyaga nisbatan sanksiyalar kiritganidan keyin sodir böldi, çunki uning 49,14 foiz aksiyalari Rossiyaning «Rosneft» davlat korporatsiyasiga tegişli.
Bloomberg ma’lumotlariga köra, kamida bitta neft tankeri 20 iyul kuni Hindistonning Vadinar portidagi neftni qayta işlaş zavodidan yonilği olişdan boş tortgan. Bu Marşall orollari bayroği ostida suzib yurgan Talara kemasi. Buyurtma 18 iyulda – YeI sanksiyalarining 18-paketi qabul qilingan kuni bekor qilindi. Brokerlarning sözlariga köra, kema egalari Nayara bilan işlaşdan ehtiyot bölyapti, bu işlab çiqarilgan yonilğini eksport qilişi yoki neft yetkazib berişga birdek taalluqli.
Nayara öz manfaatlarini himoya qiliş uçun «huquqiy va boşqa variantlarni» örganayotganini aytdi. Xususan, avvalroq ma’lum bölişiça, Hindiston kompaniyasi Yevropa Ittifoqining qora röyxatiga tuşganidan söng, sanoatda tölov yuk jönatilgandan keyin 15-30 kun ötgaç amalga oşirilsa-da, mijozlardan oldindan tölov yoki tijorat akkreditivini talab qila boşlagan.
Öz navbatida, «Rosneft» Yevropa Ittifoqining sanksiyalarini «asossiz va noqonuniy» deb atagan bayonot e’lon qildi, çunki kompaniya Hindiston neftni qayta işlaş zavodining nazorat paketi egasi emas. Rossiya konsernining ta’kidlaşiça, korxona mustaqil direktorlar kengaşi tomonidan boşqariladi.












