2025 yil yanvar-iyun oylarida Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 37 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 5 mlrd 123 mln dollarga yoki 16,1 foizga köp.

Bunda eksport hajmi 16,88 mlrd dollar (+29,1 foiz), import hajmi esa 20,13 mlrd dollar (+7 foiz) bölgan. Taşqi savdo salbiy saldosi esa 3 mlrd 246 mln dollargaça qisqargan. 

Hisobot davrida taşqi savdo aylanmasining salmoqli qismi Xitoy (17,7 foiz), Rossiya (16,3) Qozoğiston (6 foiz), Turkiya (3,6 foiz) va Janubiy Koreya (2,3 foiz) bilan qayd etilgan.

Dastlabki 6 oylikda yirik hamkor davlatlardan Turkiya, Janubiy Koreya, AQŞ, Turkmaniston, Italiya va Litva bilan savdo aylanmasi miqdori qisqargan. Xitoy, Afğoniston, Fransiya, Germaniya, Hindiston, BAA kabi davlatlar bilan esa umumiy savdo hajmi sezilarli miqdorda oşgan.

Eksport

Hisobot davrida 6 mlrd 492 mln dollarlik (+54,8 foiz) oltin sotilgan. Bu umumiy eksportning 38,4 foizini taşkil etadi. Şuningdek, eksport tarkibida sanoat tovarlari (10,9 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (7,2 foiz), kimyoviy vositalar (5,8 foiz), mineral yoqilğilar (4,3 foiz) va turli xil tayyor buyumlar (4,1 foiz) ham sezilarli uluşga ega bölgan.

Taşqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti böyiça asosiy hamkorlar Rossiya (12,1 foiz), XXR (5,4 foiz), Qozoğiston (4 foiz), Afğoniston (3,6 foiz), Turkiya (3 foiz), Fransiya (2,9 foiz), BAA (1,8 foiz), Qirğiz Respublikasi (1,6 foiz) Tojikiston (1,4 foiz) va Pokiston (1,1 foiz) kabi davlatlar bölgan. Ularning umumiy eksportdagi uluşi 36,8 foizni taşkil etadi.

Yanvar-iyun oylarida 355 mln dollarlik gaz sotilgan bölib, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 50,5 foizga köp. Bundan taşqari, 277 mln dollarlik neft va neft mahsulotlari (-1,9 foiz), 100 mln dollarlik elektr toki (+52,5 foiz) eksporti ham amalga oşirilgan.

Hisobot davrida qariyb 136 mln dollarlik avtomobil va uning ehtiyot qismlari sotilgan. Bu 2024 yilga nisbatan 18,9 foizga kam.