Özbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi ma’lumotlariga köra, Ikkinçi Renessans davri miniatyuralarini öz içiga olgan "Tsivilizatsiyalar va kaşfiyotlar devori" uzunligi qariyb 52 metr, böyi bir metrli gançkor bezak bilan hisoblaganda 5 metrni taşkil etadi.
Devor böylab jami 10 dan ortiq miniatyura örin oladi. Devoriy suratning hajmini hisobga olgan holda miniatyuralar ustida 50 ga yaqin rassomlar ikki oydan buyon mehnat qilmoqda.
San’atşunoslik fanlari böyiça falsafa doktori, rassom Behzod Hojimetovning ma’lum qilişiça, devor uçun Hirot Buxoro, Samarqand va qisman hind miniatyura maktablari asosida işlangan miniatyuralar saralab olingan.
Qayd etilişiça, devordagi miniatyuralardan Amir Temurning Movarounnahr hukmdori deb e’lon qilinişi va uning ilm-fan, madaniyat va me’morçilik rivojiga qöşgan hissasiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu tarixiy jarayonni ifodalaşda Şarafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarining Londonda, Britaniya kutubxonasida saqlanayotgan nusxasidagi miniatyuralardan foydalanilgan.
Devor markazida Amir Temurning toj kiyiş marosimi aks etgan "Balx qurultoyi" miniatyurasi joylaştirilgan. Asosiy e’tibor Amir Temurning ma’rifatparvar hukmdor sifatidagi siymosini körsatib berişga qaratiladi. Jumladan, uşbu yirik tasviriy san’at asarida Amir Temur davrida qurilgan imoratlar tasvirlanadi. Şu bilan birga Samarqandda Behzod tomonidan aks ettirilgan Bibixonim masjidining quriliş jarayoni ham alohida körsatiladi. Mirzo Uluğbek va uning jahon ilm-faniga qöşgan hissasiga ham alohida e’tibor qaratiladi.












