NATOning köp millatli Agile Spirit harbiy maşğulotlari Gurjistonda 25 iyul, juma kuni mamlakat hukumati va Ğarb örtasidagi keskinlik kuçayib borayotganiga qaramay boşlandi. Maşğulotlarning rasmiy oçilişi Tbilisi yaqinidagi NATO va Gurjiston qöşma öquv va baholaş markazida (JTEC) bölib ötdi, deb xabar bermoqda Gurjiston Mudofaa vazirligi.
Maşğulotlarda NATOning yetti davlati, şuningdek, Gurjiston, Ukraina va Moldovadan ikki mingdan ortiq harbiy xizmatçi qatnaşmoqda. Gurjistonda dala, öt oçiş va maxsus kuçlarning maşğulotlari rejalaştirilgan. Turkiyada parallel ravişda olib borilayotgan Agile Spirit manevrlari 8 avgust kuni yakunlanişi rejalaştirilgan.
Maşğulotlardan maqsad iştirokçi davlatlar qurolli kuçlarining jangovar tayyorgarligi darajasini oşiriş, özaro uyğunlik va operativ imkoniyatlarni mustahkamlaşdan iborat, deya xabar beradi Gurjiston Mudofaa vazirligi.
AFP agentligi ta’kidlaganidek, NATO va Yevropa Ittifoqi Qora dengiz mintaqasida Rossiya ta’siriga qarşi turiş uçun öz mavjudligini kuçaytirmoqçi.

















