Patriot qurilmasi Ukrainaga Germaniyadan ötgan hafta oxirida, AQŞ prezidenti Donald Tramp uşbu tizimlar Kiyevga NATO ittifoqçilari hisobidan ötkazilişini e’lon qilganidan bir neça kun ötib yetib kelgan. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph naşri öz manbalariga tayanib yozmoqda. Jurnalistlar öz maqolasida Trampning Ukrainani qöllab-quvvatlaş masalasidagi fikrini özgartirişda ittifoqçilarga qanday voqealar yordam bergani haqida batafsil hikoya qiladi.
The Telegraph ma’lumotlariga köra, buning boşlanğiç nuqtalaridan biri 4 iyulga ötar keçasi Kiyev şahri öqqa tutilişi bölgan. Öşanda hujum oqibatida Polşaning Kiyevdagi konsulligi binosi ham jabr körgan, şundan söng Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy Trampning maxsus vakili Kit Kellog bilan boğlanib, AQŞdan Ukrainaga zenit öq-dorilari yetkazib berişni tiklaşni söragan (öşa paytda ular Pentagonning inventarizatsiya ötkaziş qarori tufayli töxtatilgan edi).
Naşrning yozişiça, Kellog «suhbat çoğida NATO ittifoqçisining elçixonasiga zarba berilgani haqidagi ma’lumot uşlab olgan». U bu haqda Trampga darhol xabar bergan. Şundan keyin öşa kuni öt oçişni töxtatiş taklifini yana bir bor rad etgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatlaşgan AQŞ prezidenti Pentagonga Patriot komplekslari uçun raketalar yetkazib berişni zudlik bilan blokdan çiqarişni buyurgan.
The Telegraph’ning yozişiça, bu qarorga «Tramp Kiyevning tinçlik kelişuviga erişiş yölidagi pozitsiyalarini mustahkamlaş uçun Amerika kuçidan foydalaniş muhimligini anglagan birinçi holat sifatida» qaralgan. Yevropa davlatlari bundan AQŞ prezidentini Ukrainani faolroq qöllab-quvvatlaşga undaş uçun foydalangan.
Avvaliga Germaniya kansleri Fridrix Mers Kiyevga jönatiş uçun AQŞdan Patriot qurilmalarini sotib oliş taşabbusini bildiradi, keyin esa NATO boş kotibi Mark Ryutte alyans ittifoqçilari tomonidan Amerika qurollari uçun tölov qiliş ğoyasini taklif etadi. Tramp bu ğoyalarga tezda rozi böladi, çunki ular uning tuşunçasida «Amerikani yana buyuk qiliş» siyosatiga mos kelardi, deb yozadi The Telegraph.
Natijada 14 iyul kuni Tramp NATO bilan qurol-yaroğ yetkazib beriş böyiça kelişuvni e’lon qildi va agar uruş yoz oxirigaça tugamasa, Rossiyaga qattiq sanksiyalar qöllaş bilan tahdid qildi. Öşanda u 17 ta Patriot kompleksi jönatişga tayyorlanayotgani, ularning ba’zilari «yaqin kunlarda» Yevropa mamlakatlaridan yuborilişini aytdi. Natijada, The Times yozişiça, hafta oxiriga kelib Ukraina çindan ham Germaniyadan bitta Patriot qurilmasini qabul qilib olgan.
22 iyul kuni Mers yana beşta Patriot yetkazib berilişini e’lon qildi, ulardan ikkitasi uçun Germaniyaning özi, yana biriga Norvegiya tölaydi (qolgan ikkitasiga kim tölov qilişiga kansler aniqlik kiritmagan). Biroq, Der Spiegel yozganidek, bu qurilmalar Ukrainaga faqat bir neça oydan keyin yetib borişi mumkin. Germaniyaning özi uçun Kiyevga topşirilgan Patriot örniga AQŞ navbatdan taşqari yangi Patriot işlab çiqaradi – ular Şveytsariyaga ilgari va’da qilingan buyurtmalar doirasida qayta yönaltiriladi.












