Andijonning Xonobod şahrida ötgan yili 29–31 iyul kunlari “Dunyo sadolari” II xalqaro milliy estrada san’ati festivali taşkil qilinib, unga Jah Khalib, Jony, Inna va özbek estradasining taniqli xonandalari taklif etilgandi. Ötgan yilgi festivalga 8 milliard söm atrofida mablağ sarflangan.
Joriy yil Xonobodda III “Dunyo sadolari” festivali bölib ötadi. Hokimlik bu safar xorijdan köproq maşhur yulduzlarni taklif qilmoqçi. Xonobod şahri hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi E.Xolmirzayev imzolagan hujjatga köra, 15–17 avgust kunlari ötkaziladigan navbatdagi “Dunyo sadolari”da maşhur turk xonandasi Mustafa Sandal, eronlik Araş, italiyalik xonanda In-Grid, hindistonlik Alişa Çinay, Arabesque guruhi va boşqa mahalliy san’atkorlar qatnaşişi közda tutilgan.
Daryo.uz festivalga jahon va milliy estrada yulduzlarining konsert berib ketişi uçun qança gonorar belgilangani va boşqa qilinayotgan sarf-xarajatlarni örgandi.
Naşrning yozişiça, festivalni yuqori saviyada ötkaziş uçun dastlabki hisob-kitoblarga köra, 6 milliard söm miqdorida mablağ yönaltirilmoqda. Ammo ötgan yilgi festivalda sarf-xarajatlar 8 milliard sömga yetgani hisobga olinsa, aniq xarajatlar festival yakunlanganidan keyingina ma’lum böladi.
San’atkorlar gonorari qança?
Naşrning örganişiça, tadbirga taklif qilingan eng qimmat xonandalardan biri eronlik maşhur san’atkor — Araş. Uni Andijonga olib keliş uçun 2 mlrd 95 mln söm (bugungi kurs bilan taxminan 164 ming dollar) sarflanadi. Turkiyalik xonanda Mustafa Sandal uçun esa bundan sal kamroq — 2 mlrd 49 mln söm (160 ming dollar) ajratilgan. Şuningdek, italiyalik xonanda In-Grid (Ingrid Alberini) va hindistonlik Alişa Çinay uçun jami 837 mln söm, ya’ni 65 ming AQŞ dollari sarflanadi.

Yuqoridagi san’atkorlar taşrifi uçun umumiy hisobda 4 milliard 981 million söm yoki 390 ming dollardan köproq tölanişi közda tutilgan.
Mutaxassislar ta’kidlaşiça, bu xonandalarni Özbekistonga olib keliş uçun körsatilgan gonorar narxi aslida ança arzon. Masalan, Mustafa Sandal va Araşni Özbekistonga eng qimmat holatda jami 200 ming dollarga olib keliş mumkin. Qolgan ikki xonanda uçun esa 20 ming dollar yetarli. Naşr ma’lumotiça, festivalga çaqirilgan san’atkorlar gonorari sun’iy ravişda deyarli ikki barobarga şişirilgan bölişi mumkin.


















