Federal zaxira tizimining hanuz qurilişi davom etayotgan ştab-kvartirasida 24 iyul kuni sodir bölgan uşbu munozara AQŞ telekanallarida jonli efirda ketgan. Har ikkala rahbar, prezident va FED (Federal zaxira tizimi rahbari nazarda tutilmoqda – tahr.) ham oq kaska, qora kostyumda bölgan.

Dastlab Tramp öz fikrini mutlaq işonç bilan bildirdi, Pavell esa unga şubha bilan qarab, qoşini kötardi. Xususan, Tramp ta’mirlaş loyihasi öz budjetidan oşib, qiymati 3,1 milliard dollar bölganini aytdi. Pavell esa bunga qarşi çiqib, prezident bu summaga beş yil avval ta’mirlangan boşqa bir binoni ham qöşib yuborganini aytdi.

AP naşri ularning suhbati stenogrammasini keltirdi.

«Bu 3,1 milliard dollar atrofida körinadi, biroz oşgan yoki ança», dedi Tramp.

Pavell boşini çayqab, rozi emasligini bildirdi:

«Men bunday raqamdan xabardor emasman, janob prezident», deb javob berdi u.

«Bu endigina çiqdi», dedi Tramp va kostyumining çöntagidan qoğozni olib çiqdi.

«Men buni Federal rezervdagilardan eşitmadim», dedi Pavell.

«Bu endigina çiqdi», deb yana takrorladi Tramp.

Bir neça bor sözlar almaşilgandan keyin Pavell közoynagini taqib, Tramp bergan qoğozdagi raqamlarga tikildi va söradi:

«Bu bizdan çiqqanmi?»

«Ha», dedi Tramp.

«Siz Martin binosi ta’mirini ham qöşib yuborgansizmi?»