Prezident Tramp imzolagan yangi qonunga binoan viza uçun tölov turi özgaradi. Konsullik orqali noimmigratsion viza uçun hujjatlarni topşirganda olinadigan 185 dollarlik tölovga qöşimça ravişda viza yaxlitligi tölovi joriy qilinmoqda. Uning miqdori 250 dollar, Özbekistondagi AQŞ elçixonasi uşbu yangilikni tasdiqladi.

Gap şundaki, şu yilning 4 iyul kuni prezident Tramp Senatda eng köp muhokamalarga sabab bölgan “One big beautiful bill act” – “ Çiroyli bir katta qonun”ni imzoladi. Davlat departamenti imkon qadar qisqa vaqt içida qonunning bajarilişi haqida bayonot berişi kerak.

Özbekistondagi AQŞ elçixonasi tasdiğiga köra, Kongress ma’muriyatning immigratsiya qonunçiligini kuçaytiriş, viza muddatini uzaytirişning oldini oliş va çegara xavfsizligini moliyalaştiriş uçun “Çiroyli bir katta qonun” doirasida viza yaxlitligi tölovini qabul qilgan.

Unda yozilişiça, viza yaxlitligi tölovi 250 AQŞ dollarini taşkil qiladi. Bu konsullik noimmigratsion vizalar uçun oladidan 185 dollarga qöşib tölanadigan miqdor. Tölov miqdori içki xavfsizlik departamenti kotibi qarori bilan özgartirilişi, yangitdan belgilanib borişi mumkin. Hujjatga köra, uşbu özgariş noimmigratsion viza turlari uçun belgilanmoqda. Lekin migratsion vizalar uçun tölov miqdori özgariş-özgarmasligi borasida biror ma’lumot yöq.

Eslatib ötamiz, AQŞning Özbekistondagi elçisi Jonatan Henik Özbekistondan viza uçun sörov har qaçongidan-da köpayganini aytgandi. Davlat iqtisodiyoti rivojlanib, xalq moddiy ahvoli yaxşilangani sari viza oliş ham osonlaşib boradi, lekin vaqt kerak, deydi elçi. Viza işlari bilan şuğullanuvçi mutaxassislarga köra, Tramp administratsiyasi davrida viza oliş haddan taşqari qiyinlaşgan. Hujjatlarini juda sof va mukammal yiğganlarga ham sababsiz rad javoblari berilmoqda. Tramp esa amerikaliklarga migrantlarni quviş, eng katta deportatsiyani va’da qilganini ham unutmaslik kerak.