BMT Xavfsizlik Kengaşining sönggi yiğilişida AQŞ va Xitoy delegatsiyalari örtasida bahs-munozara bölib ötdi. Muhokamaning asosiy mavzusi Ukrainadagi vaziyat böldi, deb xabar berdi Reuters.
Amerika vakili Xitoy tomonini keskin tanqid qildi va Ukraina hududida «Rossiya tajovuzini qöllab-quvvatlaşni töxtatişni» talab qildi. AQŞning BMTdagi muvaqqat işlar vakili Doroti Şi Xitoy Rossiyaga harbiy-sanoat majmuasini rivojlantirişga yordam beradigan uskunalar yetkazib berişni töxtatişi şartligini aytdi.
Xitoy vakili Gen Şuan barça ayblovlarni rad etdi va Xitoy mojaroning boşidanoq neytral pozitsiyani egallaganini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, «Pekin heç qaçon tomonlarga qurol yetkazib bermagan va Rossiya-Ukraina mojarosida iştirok etmayapti».
Şuningdek, Gen Şuan Vaşingtonni Ukrainadagi vaziyat uçun javobgarlikni boşqalarga yuklaşga urinişni töxtatişga va qarama-qarşilikni yanada kuçaytirmaslikka çaqirdi. Xitoy vakili AQŞga öt oçişni töxtatiş va tinçlik muzokaralarini boşlaşga kömaklaşiş masalalarida yanada konstruktiv pozitsiyani egallaşni tavsiya qildi.
«Agar Xitoy çin dildan tinçlikka çaqirayotgan bölsa, Rossiya agressiyasini qöllab-quvvatlaşni bas qilişi kerak», dedi Şi.
Avvalroq, Reuters agentligi Rossiya Xitoydan kamikadze dronlarini işlab çiqarişda foydalaniladigan dvigatellarni olişda davom etayotgani haqida yozgan edi.











