Pekindagi Yevropa Ittifoqi–Xitoy sammiti tarang muhitda yakunlandi, Si Jinping muzokarani muddatidan oldin yakunlaşni söradi. Ziddiyatli ötgan uçraşuvda Ursula fon der Lyayyen munosabatlar “buriliş nuqtasida” turganini aytdi. Xitoy esa Yevropa tomonini “xato qilmaslikka” çaqirdi.

Xalqaro kun tartibidagi mavzular muhokamasi – Kun.uzʼning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.

Si Jinping nega sammitni ertaga yakunlaşni söradi?

Hikmatilla Qozoqboyev: Kelişmovçiliklarning yana bitta sabablaridan biri Rossiyaga qarşi e’lon qilingan sanksiyalarning 18-paketi va bu töğridan töğri Xitoyga ham ta’sir körsatadi. Ya’ni aynan mana şu sanksiyalar paketida Xitoyning yettita yirik kompaniyasi ham bor edi va ularning içida ikkita yirik bank ham bölgan. Ular töğridan töğri mana şu Rossiya bilan boğliq bölgan savdo işlarida iştirok etadi.

Rossiya hozirgi kunda harbiy sanoatda foydalanadigan juda ham köplab detallarni Xitoydan sotib oladi yoki Xitoy kompaniyalari yetkazadi. Ya’ni bu narsa öz-özidan Yevropaning e’tiroziga ham sabab böladi. Yevropa Ittifoqi ham maksimal darajada Ukrainadagi inqirozni tezroq tugatişga intilyapti, lekin Xitoy tomonidan qöllab-quvvatlanişi uruşning yanada çözilişiga olib keladi.

Farhod Karimov: Aslida 17-paket sanksiyalarda ham şunaqa bölgan edi. Oxirgi e’lon qilingan uçta sanksiyalar paketi Rossiya bilan hamkorlik qiladigan davlatlarga qaratilgan. Ya’ni kim Rossiya bilan hamkorlik qilsa yoki qaysi davlatning kompaniyasi Rossiya orqali uçinçi tomon bölib hamkorlik qilib, uşbu uruşga qandaydir yordam bersa, öşa davlatlarni ham sanksiyaga kiritamiz degan oğir talablar qöyilgan edi. Lekin bu sanksiya paketlari ba’zi vaziyatlarda teskari reaksiya berdi. Çunki zamonaviy dunyoda davlatlarning özaro boğliq bölgan tabiiy ehtiyoji bor.

Bu sanksiyalarning teskari reaksiya berayotgani Yevropani xavotirga solyapti. Biz qança köp sanksiya qöysak, Rossiya atrofida hamkorlar şunçalik yaxşiroq jipslaşyapti. Mana şu narsalarning oldini oliş va bunday sanksiyalar ham bu uruşni töxtata olmasligi mumkinligi haqida juda ham köplab ekspertlar muhokamaga olib çiqişyapti va buni hattoki Yevropa parlamentining deputatlari ham bir neça bor çiqişlarida aytişdi. 18-sanksiyani e’lon qila turib, Yevroittifoq rahbarining özi Xitoyga kelyapti. Ya’ni biz buni e’lon qilib qöydik, lekin hamkorligimizni töxtatmaylik, heç bölmasa öşa yaşil energetika, iqlim özgarişiga qarşi kuraşda birlaşaylik degan mujdani beryapti.