24 iyul kuni Energetika vazirligi, «Özbekneftgaz» va Ozarboyjon neft kompaniyasi (SOCAR) örtasida mahsulot taqsimoti böyiça bitim imzolangandi. Uning doirasida Ustyurt neft-gaz hududida geologik qidiruv işlari olib boriladi va keyinçalik uglevodorodlarni qaziş yölga qöyiladi.

Özbekiston 24 telekanali tayyorlagan videolahvada aniqlik kiritilişiça, uşbu bitimning qiymati qariyb 2 mlrd dollarni taşkil etadi. Dastlabki prognozlarga köra, Ustyurt neft-gaz hududida 100 mln tonna neft va 35 mlrd kub metr tabiiy gaz zaxiralariga ega «ulkan» konni topiş rejalaştirilgan.

Qayd etilişiça, loyiha işga tuşirilgaç, har yili 5 mln tonna neft qazib oliş imkoniyati paydo böladi. Bu ayni paytdagi umumiy import – 2 mln tonnadan 2,5 barobarga köp.

Uşbu loyiha Özbekistonning 25 yil davomida neftga bölgan ehtiyojini qoplaşi ta’kidlab ötilgan.

Avvalroq Ozarboyjonning SOCAR kompaniyasi Özbekiston energetika bozoriga kirayotgani xabar qilingandi.