Uşbu dam oliş kunlari eng oğir vaziyat Albaniyada vujudga keldi, yonğinlar mamlakatning bir neçta hududlarida davom etmoqda. Aholi uylari, infratuzilma katta zarar kördi, minglab gektar hududlar olov içida qolgan.

Misli körilmagan yonğinlar ortidan Tirana Yevropa fuqaro mudofaasi mexanizmiga murojaat qildi. Italiya, Xorvatiya va Vengriya mutaxassislari Albaniyaga yetib keldi. Ayni paytda yuzlab öt öçiruvçilar yonğinlarga qarşi kuraşmoqda.  

Bolgariyada ham şunga öxşaş vaziyat hukm surmoqda, bu yerda 230ta yonğin öçoği qayd etilgan. Sofiya ham YeIdan yordam söradi.  

Bolqonda ötgan haftadan jazirama ob-havo boşlangan, ayrim joylarda harorat 42 darajadan oşib ketdi. Şimoliy Makedoniya va Xorvatiyada bir neçta yirik yonğinlar öçirildi.