Pentagon yadroviy kallak taşuvçi raketalarni modernizatsiya qiliş uçun ajratilgan 934 mln dollarni AQŞ prezidenti Donald Trampga Qatar tomonidan sovğa qilingan narxi qariyb 400 mln dollar bölgan Boeing 747-8 samolyotini qayta jihozlaşga yönaltirdi, deb yozadi The New York Times.

Naşrning yozişiça, samolyotni ta’mirlaş va qayta jihozlaş uçun ajratilgan mablağning barçasi sarflanadimi-yöqmi, hozirça aniq emas, lekin AQŞ prezidenti ma’muriyati vakili naşrga samolyotni yangilaş uçun mablağ yadroviy qurollarni modernizatsiya qilişga möljallangan budjetdan olinişini bildirgan. 

Gazetaning yozişiça, Boeing samolyotini prezident bortiga aylantiriş uçun bir-ikki yil vaqt ketadi. 

Avvalroq The Washington Post gazetasi Qatar sovğa qilgan samolyotni barça talablar asosida jihozlaş qariyb 1,5 mlrd dollarga tuşişini yozgandi.  

11 may kuni ABC News telekanali Qatar qirollik oilasi AQŞ yetakçisiga “uçar saroy” sovğa qilişni rejalaştirgani haqida xabar bergandi. The Washington Post gazetasining yozişiça, layner bir oydan buyon San-Antonio (Texas ştati) xalqaro aeroportida turibdi.