Jahon | 13:21 / 28.07.2025
1335
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada maktab chatlarini Max davlat messenjeriga o‘tkazish sinovdan o‘tkazilyapti

«Milliy messenjer» deb ataluvchi platforma rus maktablarida qo‘llanadigan "Sferum" platformasini birlashtiradi.

Foto: Mixail Grebenshchikov / RBK

Rossiya Federatsiyasining olti viloyatidagi ta’lim muassasalari 1 sentabrdan Max davlat messenjerida muloqotga o‘tadi. Tajriba loyihasiga Tatariston, Mari El va Oltoy respublikalari, shuningdek, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi, Vladimir va Tver viloyatlari kiradi, deb yozadi «Kommersant» gazetasi 26 iyul, shanba kuni.

Davlat messenjeri shu tariqa "Sferum" ta’lim platformasini aloqa xizmati sifatida almashtiradi. O‘qituvchilar, o‘quvchilar, maktabgacha tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalari uchun avvalroq Rossiya hukumati tomonidan ta’lim muassasalariga joriy qilingan, xorijiy messenjerlardan foydalanishni taqiqlovchi VK platformasi kelajakda Max bilan integratsiya qilinadi.

«Kommersant»ning yozishicha, o‘tish uch bosqichda amalga oshiriladi va 2025 yilning noyabrigacha yakunlanadi. Shundan so‘ng 2021 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan VK va "Sferum"dagi maktab chatlari yopilishi rejalashtirilgan.

Yurist Anton Smirnov nashrga bergan intervyusida ota-onalar va maktab o‘quvchilarini Max messenjeridan foydalanishga qonuniy majburlab bo‘lmasligi, biroq ular qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligini ta’kidladi. «Agar sinf masalalari muhokamasi yoki ota-ona suhbatlari Max'ga o‘tkazilsa, xizmatdan voz kechish ota-onani bu jarayonlardan ajratib qo‘yishi mumkin. Asosiy muammo sanksiyalar emas, balki axborot oqimining yo‘qolishidadir», — deya ekspert so‘zlarini keltiradi gazeta.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid