Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, taniqli bastakor Sultonali Rahmatov 55 yoşida vafot etdi, deb xabar berdi Madaniyat vazirligi.

Marhum qandli diabet, jigar sirrozi va buyrakda suv yiğilişi kasalliklari bilan oğrigan, infarkt oqibatida vafot etgan.

Sultonali Rahmatov 1970 yil 13 yanvarda Toşkent şahrida tuğilgan. 2010 yilda Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi unvonini olgan. 2006 yilda Nyu-York qirollik akademiyasi kompozitori bölgan. Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasi a’zosi, Mudofaa vazirligi qoşidagi qurolli kuçlar markaziy aşula va raqs ansambli badiiy rahbari bölib işlagan.

Bastakor «Özbekiston», «Hayot guli», «Navröz», «Vals», «Şarq taronasi» va boşqa köplab musiqalari bilan elga tanilgan.

Sultonali Rahmatov köp yillar davomida san’atning estrada va bastakorlik sohasida faoliyat yuritib, uşbu san’atni rivojlantirişda fidokorona xizmat qilgan.