Sankt-Peterburg ma’muriyati çet el fuqarolariga 2025 yil oxirigaça taksi haydovçisi bölib işlaşni taqiqladi, deb xabar berdi Meduza.
Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov patent böyiça işlayotgan çet el fuqarolarini yil oxirigaça «yengil taksi va haydovçisi bölgan ijaraga olingan yengil avtomobillar» sohasi uçun yollaşni taqiqlovçi hujjatni imzoladi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Çet elliklar işlayotgan kompaniyalar uçun uç oylik ötiş davri joriy etildi, «bu davrda ular amaldagi mehnat munosabatlarini tugatişi va yangi işçilarni jalb qilişi mumkin».
Qaror 10 kundan keyin, 7 avgustda kuçga kiradi.
«Qaror taksi sohasidagi xizmatlar sifati va xavfsizligini oşiriş hamda Rossiya fuqarolarini iş bilan ta’minlaş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişga qaratilgan», deb ma’lum qildi şahar ma’muriyati.
Rasmiylarning fikriça, 2025 yil oxirigaça taqiqning joriy etilişi «uning şahar hayotiga ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini» baholaş va 2026 yilda bunday çoralarni qöllaş zarurligi töğrisida qaror qabul qiliş imkonini beradi.
Sankt-Peterburg hukumati taqiqni bir neça oy muhokama qildi. Dastlab ular 1 iyuldan boşlab çet el fuqarolariga kuriyer bölib işlaşni taqiqlaş va çeklovlar joriy etişni rejalaştirgan edi.
Rossiya hududlari rasmiylari 2015 yildan boşlab migrantlarning işlaşiga turli çeklovlar kiritmoqda. Oxirgi yil içida çet elliklarning taksilarda işlaşiga kamida Tatariston, Kamçatka va Omsk viloyatida taqiq qöyildi.











