Chokay Kochar vatandoshlar o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash, o‘zbek milliy madaniyatini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish yo‘lidagi fidokorona sa’y-harakatlari uchun ushbu yuksak e’tirofga loyiq ko‘rildi.
Mamlakat elchisi Ilhom Haydarov Chokay Kocharga O‘zbekiston madaniyati elchisi ko‘krak nishoni va maxsus sertifikatni tantanali tarzda topshirdi.
Chokay Kochar mazkur yuksak lavozimga loyiq ko‘rilgani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirish barobarida, mamlakatimizning boy tarixiy va madaniy merosini Turkiyada keng targ‘ib qilishga barcha bilim hamda imkoniyatlarini safarbar etishini bildirdi.











